Jahon

Qozog‘istonda Telegram o‘z ofisini ochmoqchi

Bu bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishilgan.

Qozog‘istonda Telegram o‘z ofisini ochmoqchi

Qozog‘istonda Telegram messenjerining ofisi ochiladi. Bu haqda Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev AQSH Savdo-sanoat palatasi va Amerikaning yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

 

Madiyev o‘z idorasi noqonuniy kontentni zudlik bilan o‘chirish va buzg‘unchi kanallarni bloklash uchun Telegram bilan faol hamkorlik qilayotganini taʼkidladi.

 

“Bizning qonunchiligimizga muvofiq, Telegram, WhatsAPP va TikTok kabi internet platformalar endi Qozog‘istonda o‘z vakiliga ega bo‘lishi shart. Telegram bilan allaqachon ularning vakilini tayinlash va ofis ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan”, dedi vazir. 

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, messenjer bilan kelishuv — kontent ustidan nazoratni kuchaytirish uchun muhim qadam.

 

Telegram o‘z foydalanuvchilari haqidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaydigan eng xavfsiz messenjerlardan biri deb hisoblangan. Sentyabr oyida uning asoschisi Pavel Durov Telegram tegishli organlarning asosli so‘rovlariga ko‘ra foydalanuvchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilishini aytgan edi.

custom img

Ukrainaga 6,6 milliard yevro ajratiladi: YI shartlarni kelishib oldi

Yevropa Tinchlik jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘ uch yo‘nalishda taqsimlanadi.

custom img

Robotlar real hayotga tayyorlanmoqda: Xitoyda 70 dan ortiq AI mashg‘ulot markazi ishga tushdi

Ular real muhitda fazoda mo‘ljal olish, buyumlarni ushlash va kundalik vazifalarni bajarishni minglab takroriy mashqlar orqali o‘rganmoqda.

custom img

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 5 nafar mansabdor ushlandi

Yana gumonlanuvchilarni aniqlash bo‘yicha ham tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Eron reyslarini to‘xtatgan davlatlar aeroportlari ham ishlamasligi mumkin — Mohsen Rizoiy

Eron Oliy Milliy Xavfsizlik kengashi kotibi AQSh sanksiyalari doirasida Eron reyslarini to‘xtatgan qo‘shni davlatlarni javob choralaridan ogohlantirdi.

custom img

Kaspiydagi fojia: bedarak yo‘qolgan ikki harbiyning jasadi topildi

17 harbiy xizmatchi bilan yuz bergan fojia ortidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi.

custom img

Netanyaxuning BMTdagi nutqiga norozilik: delegatsiyalar zalni tark etdi

Isroil bosh vaziri chiqib ketmaganlarni ham zalni tark etishga chaqirgan.

custom img

Eron-AQSh muzokaralari: Tehron kelishuvga tayyorligini ma’lum qildi

Eron prezidenti iyun oyida AQSh bilan imzolangan kelishuvni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

custom img

Harbiylar halok bo‘ldi: Qozog‘istonda 25-sentyabr milliy motam kuni deb e’lon qilindi

Mang‘istov viloyatida harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy suvga oqib ketib, ulardan 12 nafari halok bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"