Toshkentda qalbaki dori sotayotganlar ushlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.A. va D.A. soxta sertifikatga ega bo‘lgan jami 4 000 quti “Xitofer-S 5 ml” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 43 750 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu dori vositalari qalbakilashtirilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







