Toshkentdagi binoda yong‘in chiqqani aytilmoqda
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Bugun, 14 oktyabr kuni soat 16:06 da Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida joylashgan elektr ustunida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:16 da voqea joyiga yetib borgan. Aniqlanishicha, elektr ustunidagi elektr simlarda qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.







