O'zbekiston

AQSH va Meksika chegarasida yuzdan ortiq migrant jazirama sabab vafot etdi

2020-yilda 9 ta jasad topilgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 10 tani tashkil etgan.

AQSH va Meksika chegarasida yuzdan ortiq migrant jazirama sabab vafot etdi

 

AQSH va Meksika chegarasida 2024-yilda 108 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Deyarli barcha o‘limlar jazirama tufayli yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida AQSH va Meksika chegarasi yaqinidagi Nyu-Meksikoda besh yil oldingiga nisbatan o‘n baravar ko‘p muhojir vafot etgan.

 

2024-yilning dastlabki sakkiz oyi davomida 108 nafar marhumning jasadi El-Pasodan 16 kilometrgacha bo‘lgan masofada topilgan. Bundan avvalgi yilda taxminan 113 nafar muhojirning jasadi shtatning Meksika bilan chegarasi yaqinida aniqlangan. 2020-yilda 9 ta jasad topilgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 10 tani tashkil etgan. Aynan shu hududda nega ko‘p odam halok bo‘layotgani noma’lum. Ko‘pchilik mutaxassislar buning sababini kontrabandachilar muhojirlarga ekstremal yoz haroratida xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni taklif qilayotgani bilan izohlamoqda.

 

Markaziy Osiyo davlatlaridan 2023-yilda 50 mingdan ortiq odam AQSH chegarasini noqonuniy kesib o‘tgandi. Hozirda kamida mintaqa davlatlarining 40 ming fuqarosi AQSHning boshpana berish bo‘yicha sud jarayonini kutmoqda. Ulardan 17 ming nafari O‘zbekiston, 7 ming nafari Qirg‘iziston, 3 ming nafari Tojikiston, 2,7 ming nafari Qozog‘iston, 2 ming nafari Turkmaniston fuqarolaridir.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"