Zangiotada “Niva” bilan “Jiguli” to‘qnashib ketdi
Oqibatda 15 yoshli bola tan jarohati olgan.

Kecha, 15 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Qayd etilishicha, 1989 yilda tug‘ilgan haydovchi “Vaz 2101” rusumli transport vositasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan holda, svetofor chiroqlariga amal qilmasdan harakatlanib kelayotgan vaqtida ushbu yo‘lga qo‘shilish maqsadida ichki ko‘chadan chiqib kelgan “Niva” bilan to‘qnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida “Vaz 2101” rusumli avtomobil yo‘lovchisi — 2009 tug‘ilgan A.Z. yengil tan jarohati olib tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Mazkur xolat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







