Toshkent viloyatida 1 yoshli qizcha hojatxonaga tushib ketdi
U FVB xodimlari tomonidan qutqarib qolingan.

Bugun, 17 oktyabr kuni soat 11:44 da Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Birlik” mahallasida joylashgan novvoyxonalarning biri hovlisidagi hojatxonaga 2023 yilda tug‘ilgan qizcha ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli tushib ketgan.
Maʼlum qilinishicha, zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizchani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.
So‘ngra qizaloq malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.







