Yuqori Chirchiqda “mayning ferma” aniqlandi
Unda 139,9 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.A. “Navro‘z” MFY hududidagi xonadonida qonunga xilof ravishda telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, jami 139,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







