O'zbekiston

Aliment to‘lamagan aktyor 15 sutkaga qamaldi

Uning qarzdorligi 30 mln so‘mdan oshib ketgan.

Aliment to‘lamagan aktyor 15 sutkaga qamaldi

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining Yuqori Chirchiq tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor U.M.dan undiruvchi Sh.J foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari taʼminoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

 

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida aliment pullari vaqtida to‘lanmaganligi evaziga uning qarzdorligi jami 33 mln 167 ming so‘mni tashkil etishi aniqlangan. Xodimlar unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi haqida bir necha bor ogohlantirishgan.

 

Qarzdorning tushuntirishi bo‘yicha u seriallarda aktyor sifatida rol o‘ynab turishi, lekin muayyan ishlash joyi mavjud emasligi, shu sabab yuqoridagi summani to‘lab berish imkoniyati yo‘qligini vaj qilgan. Aktyorligi ish bermagach, madaniyat saroylaridan biriga 0,5 stavkaga qorovul bo‘lib ishga kirgani haqida maʼlumotnoma taqdim etgan, ammo bu ham ish bermagan.

 

Qarzdorga nisbatan  MJtKning 47-moddasi bilan JIB Yuqori Chirchiq tuman sudining qaroriga asosan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Aliment to‘lamagan aktyor 15 sutkaga qamaldi | Zamon.uz