O'zbekiston

Islom maʼnaviy merosiga innovatsion yondashuvlar: madaniy meros haftaligi doirasida Qurʼon kuni

Tadbirda 150 ga yaqin mutaxassis ishtirok etmoqda.

Islom maʼnaviy merosiga innovatsion yondashuvlar: madaniy meros haftaligi doirasida Qurʼon kuni

Bugun, 19 oktyabr kuni O‘zbekistondagi xalqaro madaniy meros haftaligi "Sharq Renessanslari fenomeni: davlatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar" doirasida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati majlislar zalida "Islom — tinchlik va ezgulik dini" mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy simpozium hamda "O‘zbekiston o‘rta asr Qurʼonlari" va "Imom Buxoriy innovatsion muzeyi" loyihalarining taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

 

"Islom — tinchlik va ezgulik dini" simpoziumi davomida O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan islomiy merosni o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, "O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi" mega-loyihasi muhokama qilinadi.

 

Simpoziumdan so‘ng taqdimot qismi boshlanadi, unda Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining "Qurʼonlar zali" va Imom Buxoriy innovatsion muzeyi ko‘rgazmalarini boyitishga qaratilgan g‘oyalar taqdim etildi.

 

Tadbirda 150 ga yaqin mutaxassis, jumladan, Turkiyadan Turk qo‘lyozmalari assotsiatsiyasi prezidenti Joshqun Yilmaz, BAAdan “Manara” markazi ijrochi direktori Baxita Ahmed Al-Rumaytiy, Fransiyadan Qurʼonshunos, Sorbonna va Parij Oliy amaliyot maktabi doktori, Parij Akademik tadqiqotlar instituti raisi va Milliy ilmiy tadqiqot markazi (CNRS) tadqiqotchisi Karim Ifrak, Islom sanʼati muzeyi va Meros, madaniyat va sanʼat masalalari bo‘yicha Al Midad tashkiloti rahbari Mamduh Usmon, Avstriyadan Müller & Schindler nashriyoti xalqaro marketing va biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Aleksandr Vilgelm, Turkiyadan Istanbul Islom sivilizatsiyasi saylgohi rahbari va Istanbul Qurʼoni nusxalari muallifi Husayn Qutlu, Iordaniyadan Al-Bayt universiteti shariat fakulteti yurisprudensiya professori Ahmad Yasin Abdel Rahmon, Rossiyadan Davlat Ermitajida qimmatli va arxeologik metallar ilmiy restavratsiya laboratoriyasi rahbari, fan doktori Igor Malkiyel va boshqa dunyo miqyosidagi taniqli ekspertlar ishtirok etmoqda.

 

Olimlar tomonidan taqdim etiladigan loyihalar qatorida jahondagi turli kolleksiyalarda saqlanayotgan Qurʼonlar faksimil nusxalarini nashr etish takliflari ilgari surilmoqda. Shuningdek, xususiy kolleksiyalardagi qo‘lyozma Qurʼonlar katalogini yaratish va Islom sivilizatsiyasi markazida saqlanayotgan qo‘lyozmalar ro‘yxatini tuzish loyihalari ham taqdim etilmoqda.

 

Shuningdek, innovatsion texnologiyalardan foydalanish rejalashtirilgan: ilk musʼhaflar uchun yagona platforma yaratish, Usmon musʼhafi va Katta Langar Qurʼonining raqamlashtirilgan elektron versiyalarini yaratish va sunʼiy intellekt yordamida Qurʼon matnini tadqiq qilish orqali islomiy maʼnaviy merosga zamonaviy yondashuvlarni topish bo‘yicha g‘oyalar muhokama qilinyapti.

 

Bundan tashqari, xorijiy ekspertlar ishtirokidagi ilmiy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi ham o‘tkaziladi, unda Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra qurilayotgan Imom Buxoriy innovatsion muzeyi bilan bog‘liq g‘oyalar muhokama qilinmoqda.

 

Shu bilan birga, "Qurʼon: tinchlik, ezgulik va maʼnaviy uyg‘onish yog‘dusi" maxsus kasbiy ko‘rgazmasi ham o‘tkaziladi. Ushbu ko‘rgazmada ekspertlar Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy muzeylariga k turadigan eksponatlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

custom img

Soxta hujjatlar orqali kredit olish: 5 kishi ushlandi

Ular hujjatlarda o‘zlarini Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qism xizmatchilari sifatida ko‘rsatgan.

custom img

Bog‘chadagi fojia: 3 yoshli bola kimyoviy vositani ichib, vafot etdi

Bola shifoxonaga olib borilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

custom img

O‘zbekiston turizmi 2030-yilgacha: 20 million sayyoh va 8 milliard dollar eksport maqsad qilindi

Xivada xalqaro turistik shaharcha, Samarqandda Ipak yo‘li muzeyi barpo etiladi, Ichan-qalʼa esa “aqlli” muzey majmuasiga aylantiriladi.

custom img

5 ming dollarlik gashish: tezkor tadbirlarda 4 kishi qo'lga olindi

Farg‘ona va Namanganda 2 kg 643 gramm gashish moddasi musodara qilindi.

custom img

Toshkentda yo‘l haqi oshadi: yangi tariflar maʼlum qilindi

1 oktyabrdan jamoat transportida yo‘l haqi 47 foizga oshadi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi 5 ta avtomobil bilan to‘qnashdi: jarohatlanganlar yo‘q

Hodisaga tormoz tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyatida zilzila: silkinishlar 5 ta hududda sezildi

Silkinishlar Olmaliq, Piskent, Ohangaron, Nurafshon va Angren shaharlarida qayd etilgan.

custom img

Bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi taklif etildi — Shahnoza Mirziyoyeva

Bu haqdagi qonunchilikka o‘zgartirishlar mas’ul idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"