Surxondaryoda keliniga shilqimlik qilgan qaynota qamaldi
U sudda kelinini sinash uchun tegajog‘liq qilganini aytgan.

Joriy yilning 27 avgust kuni soat 06:30 atrofida X.M.(erkak) Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan yashash uyida kelini X.X.ni bilagidan ushlab, unga tegajog‘lik qilib shahvoniy shilqimlik qilgan.
Sudda huquqbuzar X.M. aybiga iqrorlik bildirib, ayolining mehmondorchilikka ketganligidan foydalanib, sinash uchun kelini X.X.ga shilqimlik qilganini va ishidan pushaymonligini aytib, o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘rab ko‘rsatuv bergan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi X.M. MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga shu modda bilan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.







