O'zbekiston

Kelajakda hamma soha ekologiya bilan hamohang bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti — Green University‘da bo‘ldi.

Kelajakda hamma soha ekologiya bilan hamohang bo‘ladi

Ilgari bu sohada yaxlit oliy taʼlim dargohi yo‘q edi. Davlatimiz rahbarining 2023 yil 31 maydagi qarori asosida tashkil etilgan mazkur universitetda zamonaviy ekologik yo‘nalishlar  qamrab olindi.

 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mamlakatimizda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish choralari ko‘rilmoqda. Maʼlumki, bu iqlim o‘zgarishlari, suv va energetika sofligi, sog‘lik, taʼlim, isteʼmol va ishlab chiqarish kabi 17 ta farovonlik vazifalarini qamrab olgan bo‘lib, ular ko‘p jihatdan kadrlar malakasiga bog‘liq. Shu bois universitetda atrof-muhit va barqaror boshqaruv, atrof-muhit va iqtisodiyot, ekologiya va davlat boshqaruvi, barqaror rivojlanish, barqaror moliya, ekologiya huquqi, atrof-muhit sohasida ommaviy kommunikatsiyalar yo‘nalishlari ochilgan.

 

 

450 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binosi taʼmirlanib, zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Xonalar sohaga doir anjomlar, kompyuterlar va sunʼiy intellekt uskunalari bilan jihozlangan. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi. Buning uchun AQSH, Buyuk Britaniya, Meksika va Fransiyadan chet ellik o‘qituvchilar ham jalb etilgan.

 

Prezident universitet mutaxassislari va talabalari bilan suhbatlashdi.

 

"Hozir ekologiya xuddi raqamli texnologiyalarday dolzarb. Kelajakda hamma soha atrof-muhit bilan hamohang bo‘ladi. Shuning uchun bu yerda ekologik iqtisodiyot, moliya, huquq kabi yo‘nalishlar tashkil etildi. Endi dual taʼlimni kengaytirib, bu yerdagi bilimlarni tezroq joylarda tatbiq qilish kerak", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Mutasaddilarga ekologiya sohasida quyi bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston va har bir viloyatda texnikumlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Universitetda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan akademik va kasbiy tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv dasturlari ular bilan hamkorlikda, “fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasi” tamoyili asosida ishlab chiqilgan.

 

Zamonaviy laboratoriya talabalarni ilmga jalb etish, tajribasini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Unda yer, suv, bioxilma-xillik va chiqindi namunalari har xil muhitda tekshirilib, ilmiy xulosalar beriladi.

 

 

Davlatimiz rahbari ushbu laboratoriyani ham ko‘zdan kechirdi.

 

"Bu yerda ilmiy salohiyat bor, zarur uskunalar bor. Bundan samarali foydalanish kerak. Masalan, yer-suv sharoitlari og‘ir tumanlar bo‘yicha shartnoma asosida tahlillar o‘tkazish mumkin. Bu ikki tomonlama manfaatli bo‘ladi", — dedi Prezident.

 

Muassasada fanlararo tadqiqotlar qilish, innovatsion pedagogik uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va amaliy bilimlarni integratsiya qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. O‘quv jarayoni “Hub and Spoke” tamoyili asosida tashkil etilgan. Bu yaxlit o‘quv tizimini yaratish, resurslarni optimallashtirish, talabalar va mutaxassislarning harakatchanligini oshirish kabi jihatlar bilan ajralib turadi.

 

 

Universitetning imkoniyatlarini kengaytirish uchun kelgusida poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi sobiq kollejlar binolari taʼmirlanib, kampusga aylantirilishi rejalashtirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kelajakda hamma soha ekologiya bilan hamohang bo‘ladi | Zamon.uz