Prezident Toshkentdagi drenaj tizimini tanqid qildi
Taʼkidlanishicha, yaqinda bo‘lib o‘tgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi.

Shavkat Mirziyoyev "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida poytaxt drenaj tizimining ishlashiga eʼtiroz bildirdi.
Taʼkidlanganidek, yaqinda bo‘lib o‘tgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi.
"Drenajni shunchaki taʼmirlash yetarli emas, suv havzalarida suv yig‘ish tizimini yaratish va undan daraxtlarni sug‘orishda foydalanish kerak. Poytaxt tumanlari hokimlari shaxsan joylarga chiqib, drenaj, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalarini mustaqil hal etishi kerak," - deyiladi yig‘ilishda.
Shahar hokimligiga yil yakuniga qadar drenaj tizimini sunʼiy suv havzalari bilan birgalikda qurish bo‘yicha master-reja va dastur ishlab chiqish topshirildi.







