Asila Mirzayorova lavozimga tayinlandi
U Ijtimoiy himoya agentligida ish boshlaydi.

Parij-2024 Paralimpiada o‘yinlari chempioni Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya agentligida ish boshlaydi. Sportchi bu haqida o‘zining instagram sahifasi orqali maʼlum qildi.
Qayd etish joiz, mazkur tashkilotda Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, dzyudochi Diyora Keldiyorova ham Gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakil hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, Asila Mirzayorova 1999 yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. U para yengil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiada o‘yinlari kumush medali sohibi va ikki karra Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.







