O'zbekiston

Berlin kutubxonasidan Boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi

Bu haqida Toshkentda davom etayotgan Xalqaro madaniy meros haftaligida xabar berildi.

Berlin kutubxonasidan Boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi

Berlin davlat kutubxonasi saqlanayotgan Boburiylarga oid mazkur hashamatli albomning bir tomonida g‘azallar, ikkinchi tomonida esa miniatyuralar tushirilgan. Qiziq tomoni shundaki, albomdagi g‘azallar Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga tegishli bo‘lib, turkiy tilda yozilgan.

 

"Boburiylar sulolasi uch yuz yildan ortiq hukmronlik tarixiga ega bo‘lsa-da, hech qachon o‘z ota-bobosini, millatini, tilini unutmagan. Saroyda forscha, hindcha yoki boshqa tilda gaplashgan bo‘lishi mumkin, lekin asosiy, eng jiddiy masalalar turkiy tilda hal qilingan va juda ko‘plab turkiy qo‘lyozmalar ko‘chirilgan. Mazkur albomning 25 tasi Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan bo‘lsa, qolgan 100ga yaqin qismi Buyuk Britaniya, AQSH, Chexiya hamda Eronda ekanligi maʼlum qilindi.

 

Chet ellarga tarqalib ketgan O‘zbekiston madaniy merosi namunalarini qaytarish kabi madaniy islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Hozirda Boburiylarga tegishli albomning tarqalib ketgan barcha qismlarining faksimileni yig‘ish va O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha ishlar davom etmoqda", — dedi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.

 

Eslatib o‘tamiz, ilmiy yangiliklarga boy o‘tayotgan haftalik 26 oktyabrgacha davom etadi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"