Ilk bor ingliz tilida O‘zbek tili grammatikasi darsligi yaratildi
Darslik o‘zbek tilini “nol”dan o‘rgatadi.

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan ingliz tilida soddalashtirilgan uslubda o‘zbek tilini “nol”dan o‘rgatuvchi “Uzbek language grammar. Simplifiyed System” nomli qo‘llanma tayyorlandi.
Bunga qadar o‘zbek tili grammatikasi haqida qo‘llanmalar asosan rus tilida bo‘lib, ingliz tilida yozilgan darsliklarni ochiq manbalarda topish imkonsiz bo‘lgan.







