Lifestyle

Sayyohlar uchun xavfsiz davlatlar reytingi eʼlon qilindi

Reytingni aniqlashda 5 yillik maʼlumotlar ko‘rib chiqilgan.

Sayyohlar uchun xavfsiz davlatlar reytingi eʼlon qilindi

Dunyodagi zamonaviy tahdidlar – urushlar, terrorizm, iqtisodiy inqirozlarni hisobga olgan holda sayyohlar endi sayohatga chiqishda xavfsizlik haqida ko‘proq o‘ylashmoqda.

 

2024 yilda Islandiya sayyohlar uchun dunyodagi eng xavfsiz mamlakat deb tan olindi, u o‘tgan yilga nisbatan reytingda sakkiz pog‘onaga ko‘tarildi.

 

Ikkinchi o‘rinda o‘tgan yili o‘ninchi o‘rinni egallagan Avstraliya, uchinchi o‘rinda esa bir yil avval birinchi bo‘lgan Kanada turibdi.

 

Reyting yetakchisini aniqlash uchun ekspertlar amerikalik sayohatchilardan so‘nggi besh yil davomida tashrif buyurgan joylari haqida so‘rov o‘tkazdi. Shuningdek, so‘nggi Global tinchlik indeksi va GeoSure sug‘urta kompaniyasi maʼlumotlari tahlil qilindi.

 

2024 yilda sayyohlar uchun dunyodagi eng xavfsiz 15 ta davlat:

 

  • Islandiya
  • Avstraliya
  • Kanada
  • Irlandiya
  • Shveytsariya
  • Yangi Zelandiya
  • Germaniya
  • Norvegiya
  • Yaponiya
  • Daniya
  • Portugaliya
  • Ispaniya
  • Birlashgan Qirollik
  • Niderlandiya
  • Shvetsiya

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"