“Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi kerak”
Guterrish Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainadagi mojaroni tashkilot nizomi va xalqaro huquq asosida tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.
"Ukrainada BMT Nizomi, xalqaro huquq va Bosh Assambleya rezolyutsiyalariga muvofiq tinchlik o‘rnatilishi kerak", dedi u 16-sammit doirasidagi “BRICS+” formatidagi yig‘ilishda.
Bosh kotibning qo‘shimcha qilishicha, dunyodagi barcha mavjud mojarolar “BMT Nizomi qadriyatlari, qonun ustuvorligi, barcha davlatlarning hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligi tamoyillariga sodiq qolgan holda” hal qilinishi kerak.







