Qashqadaryoda 177,1 mlnlik energiya resurslari og‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Qarshi va Ko‘kdala tumanida fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 177,1 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







