“Yangi Toshkent” uchun yana Toshkent viloyatidan joy ajratildi
Uchta mahallaga tegishli hudud shaharga o‘tkazilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi o‘zgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga ajratib berildi. Bu haqida Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori imzolandi.
Tumanning “O‘zbekiston”, “Guliston”, “Istiqlol” mahallalaridagi hududlar ”Yangi Toshkent shahri” hududiga o‘tkazilmoqda.
“Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda”,- deyiladi xabarda.







