Avstraliyada ikkita samolyot to‘qnashib ketdi
Oqibatda halok bo‘lganlar bor.
Avstraliyaning Sidney chekkasidagi Oakdeyl hududi ustida ikkita yengil motorli samolyot to‘qnashdi, oqibatda uch kishi halok bo‘ldi.
Politsiya xodimlari voqea tafsilotlarini kengroq o‘rganish maqsadida hududda harakatlanishni to‘xtatgan.
Hozirgi vaqtda to‘qnashuvning sabablari maʼlum emas.







