Jizzaxda yuk mashinasi avariyaga uchrab, majaqlanib ketdi
Holat yuzasidan IIB YHXB maʼlumot berdi.

Holat 09:30 larda Paxtakor tumani “Buyuk ipak yo‘li” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Unda “Faw” rusumli hamda “Howo A7” rusumli yuk mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







