O'zbekiston

Piyoda yurish shamollashni yengishga yordam beradimi?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Piyoda yurish shamollashni yengishga yordam beradimi?

Piyoda yurish — eng oson va qulay mashg‘ulot bo‘lib, barcha yoshdagi insonlar uchun tavsiya etiladi. U nafaqat jismoniy salomatlikka, balki ruhiy holatga ham ijobiy taʼsir etadi. Xo‘sh, uning yana qanday foydali jihatlari bor? Piyoda yurishning afzalliklari haqida nimalarni bilish kerak?

 

Gap shundaki, inson o‘zini har tomonlama sog‘lom his qilishi va tashqi ko‘rinishining ko‘rkam bo‘lishida piyoda yurishning ahamiyati katta. Sababi yayov yurilganda gavdaning barcha muskullari harakatga keladi. Qolaversa, bu mashg‘ulot ichki organlar faoliyatiga ham ijobiy taʼsir etadi.

 

Natijada organizmda moddalar almashinuvi yaxshilanib, yurak tomirlari, shuningdek nafas va asab tizimi mustahkamlanadi. Ertalab ishga ketadigan payt piyoda yurish ham juda foydali. Bu vaqtda inson kechasi uxlab, dam olgani sababidan to‘xtamay 30-40 daqiqa bemalol yayov keza oladi.

 

Ishxonadan charchab chiqqaningizdan keyin ham imkon bo‘lsa, avtobus yoki avtomashinaga chiqishga shoshilmang. Yo‘lning bir qismini piyoda bosing. Chunki faol harakat qilish odamni tinchlantiradi, kishining charchog‘ini oladi.

 

Shuningdek, bir kunda 4 marotaba 10 daqiqadan piyoda yurishni odat qilsangiz, qon bosimingiz meʼyorda bo‘ladi.

 

Tez-tez qadamlar bilan kuniga 120 odim tashlasangiz, 15 daqiqada 100 kkal.dan xalos bo‘lasiz. Mana, sizga ozishning arzon va qulay usuli!

 

Asabiy ish kunining “yuk”laridan xalos bo‘lmoqchimisiz? Unda har kuni 20 daqiqa piyoda yuring. Natija sizni albatta xursand qiladi.

 

Chekishni tashlashni istaganlar ham xumor tutganda 20 daqiqa piyoda yursalar, bu xohish ayni shu daqiqalarda o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

 

Piyoda yurish o‘t pufagi hamda ichaklarning to‘lqinli harakatlari oshishi tufayli o‘t qopida tosh paydo bo‘lishi va qabziyatning oldini oladi.

 

O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, doimiy piyoda yurgan insonlar shamollashni tezroq yengib o‘tadi. Chunki u immunitetni mustahkamlaydi. Shu bois ayni kunlarda piyoda sayr qilishga odatlaning!

 

Tahlillarga qaraganda, har kuni 1 soat davomida piyoda sayr qilgan kishilar yurak xastaliklariga kamroq duchor bo‘ladi. U yurak-qon tomirlar tizimi – vegitativ asab tizimining holatiga taʼsiri orqali qon bosimini kamaytiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi.

 

Bir so‘z bilan aytganda piyoda sayr qilishni odatga aylantirish vujudimizdagi ko‘plab muammolarga yechim bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Piyoda yurish shamollashni yengishga yordam beradimi? | Zamon.uz