28-oktyabr uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Respublikada vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

28-oktyabr kuni Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 M/S tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 M/S tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 M/S gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.







