Allamjonovga suiqasd uyushtirganlardan biri ushlandi
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kecha, 26 oktyabr kuni Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashinaga qarata 2 nafar nomaʼlum shaxs o‘qotar quroldan bir necha marotaba o‘q uzib, qasddan odam o‘ldirishga suiiqasd qilib, nomaʼlum tomonga yashiringani xabar qilingandi.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-tezkor guruhi tuzilgan.
O‘tkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning bir nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.







