Islandiya rasman to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Maʼlum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tajriba kutilganidan ko‘proq natija bergan.

2020-2021 yillarda mamlakatning 51 foiz aholisi ish haqi o‘zgartirilmasdan to‘rt kunlik ish tartibiga o‘tkazildi. Natijada iqtisodiyotda o‘sish kuzatilib, ishsizlik darajasi Yevropadagi eng quyi pog‘onalargacha tushdi.
Ekspertlarga ko‘ra, to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tilganidan so‘ng mehnat samaradorligi oldingiday qolgan, hatto aksariyat yo‘nalishlarda yaxshilangan. Ishchi-xodimlar turmushi ijobiy tomonga o‘zgardi: stress va ishdan bezish o‘rnini sog‘lom hayot, ish va shaxsiy turmush o‘rtasidagi muvozanat egallamoqda.
Tajriba kutilganidan ko‘proq natija bergach, Islandiya to‘liq to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishga qaror qildi.







