Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
Bu haqida Oliy taʼlim vazirligi xabar berdi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.
Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.







