O'zbekiston

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini o‘ldirib qo‘ydi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini o‘ldirib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 13 yoshli maktab o‘quvchisi qarindoshini so‘yib tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, 18 oktyabr kuni Boyovut tumanida yashagan 23 yoshli F.J. ismli erkakning murdasi Guliston shahar “Navbahor” mahallasi hududidagi kanalning tashlandiq joyidan topilgan. Aniqlanishicha, voyaga yetmagan Sh.A. (o‘g‘il bola) o‘sha kuni “Do‘stlik” va “K-3” kanali oralig‘idagi tashlandiq joydan o‘tib ketayotgan vaqtida uzoq qarindoshi F.J. uni chaqirib, qo‘lidagi pichoq bilan uni o‘ldirishini so‘ragan. Sh.A. buni rad qilganidan so‘ng, F.J. voyaga yetmagan Sh.A.ni qo‘rqitganligi bois, voyaga yetmagan Sh.A. F.J.ni pichoq bilan qasddan o‘ldirgan.

 

Maʼlumot o‘rnida, marhum F.E. ruhiy kasalliklar dispanserida “paranoid shizofreniya epizodik kechishi” tashxisi bilan ro‘yxatda turgan.

 

Mazkur holat yuzasidan 18 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sirdaryoda 13 yoshli bola qarindoshini o‘ldirib qo‘ydi | Zamon.uz