YI Gruziyani saylovlardagi qonunbuzarliklarni tekshirishga chaqirmoqda
Mamlakatdagi saylovda qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yilgani aytilmoqda.

"Biz Gruziya Markaziy saylov komissiyasini saylovlardagi qonunbuzarliklar va ular bilan bog‘liq ayblovlarni tezkor, oshkora va mustaqil ravishda tekshirish va ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z burchini bajarishga chaqiramiz", — deyiladi Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel va Yevrokomissiya qo‘shma bayonotida.
YEI, shuningdek, Gruziya hukumatini “Yevropa integratsiyasining asosiy tamoyillariga muvofiq demokratik, keng qamrovli va barqaror islohotlar” o‘tkazishga chaqirdi.
"Gruziya fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklariga putur yetkazuvchi hamda Yevropa Ittifoqi asos solgan qadriyatlar va tamoyillarga zid keladigan har qanday qonun hujjatlari bekor qilinishi kerak", — deyiladi hujjatda.







