Eronda Germaniya fuqarosi qatl etildi
Germaniya bunga keskin munosabat bildirdi.

Kecha, 28 oktyabr kuni Eron hibsxonalarida saqlanayotgan Germaniya fuqarosi Jamshid Sharmahd qatl etildi. Bu haqida mamlakat adliya vazirligi rasmiy saytida xabar qilindi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri voqeaga munosabat bildirib, qatlni keskin qoraladi. Uning taʼkidlashicha, muammoni hal qilish uchun bir necha bor Eronga yuqori darajada guruh yuborilgan. Biroq aprelda chiqarilgan qaror o‘z kuchida qolgan.
Marhumning yaqinlariga ko‘ra, u so‘nggi bir necha yil davomida AQSHda yashab kelgan va 2020 yilda Dubayda bo‘lgan vaqtida Eron razvedkachilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Tehron uni Eronda terrorchi tashkilot sifatida tan olingan Tondar muxolifat guruhi rahbari deb hisoblagan.







