“Hizbulloh” harakatiga yangi rahbar tayinlandi
U sobiq rahbarning o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Naim Hasem Hizbulloh harakatining yangi rahbari etib tayinlandi.
71 yoshli Naim Hasemni Isroil tomonidan o‘ldirilgan Hasan Nasrullohning o‘rinbosari bo‘lgan va harakatining eng ko‘zga ko‘ringan rahbarlaridan biri hisoblanadi.
Hizbullohning bayonotida qayd etilishicha, guruhning boshqaruv organi bo‘lgan Sho‘ro kengashi Hasemni bosh kotib etib tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, guruhni 1992 yildan beri boshqargan Hasan Nasrulloh 27 sentyabr kuni Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgandi.







