Ozodbek Nazarbekov vazirlikdan ketdimi?
AOKA tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatligiga “Milliy Tiklanish” partiyasidan nomzod, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning lavozimdan ketganligi va deputatlikni tanlagani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.
AOKA bu xabarlar asossiz ekanini bildirdi.
“Mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini hamda mutasaddi lavozimda bo‘lgan deputatlikka nomzodlar haqida tegishli maʼlumotlar Markaziy saylov komissiyasi yoki partiyalarning rasmiy sahifalarida xabar berilishini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.







