O'zbekiston

Prezident Navoiydagi qo‘shma korxonaga bordi

Davlat rahbari ish jarayonini ko‘zdan kechirib, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

Prezident Navoiydagi qo‘shma korxonaga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

 

Bu hudud rivojlangan industriyasi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotida katta o‘rin tutadi. Iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlar tufayli so‘nggi yillarda yangi korxonalar ko‘payib bormoqda.

 

Davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi “Uzbekistan hydrogen peroxide” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Viloyatdagi korxonalarga vodorod peroksidi doim zarur. Umuman, yurtimiz sanoat tarmoqlarida bu kimyoviy birikmaga yillik talab o‘rtacha 15 ming tonnadan ziyod. Joriy yilda o‘z faoliyatini boshlagan “Uzbekistan hydrogen peroxide” qo‘shma korxonasida shunday talabgir mahsulot ishlab chiqariladi.

 

Qiymati qariyb 30 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida zavod qurilib, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Germaniya, Italiya va Shvetsiyadan zamonaviy uskunalar keltirilib o‘rnatildi. 80 ga yaqin kishi ish bilan taʼminlandi. Korxona yiliga 30 ming tonna vodorod peroksidi ishlab chiqarish quvvatiga ega. 

 

Bu birikmadan kimyo, metallurgiya, elektr texnikasi, farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi kabi o‘nga yaqin tarmoqda foydalaniladi. Jumladan, qog‘oz, maishiy va kimyoviy vositalar ishlab chiqarish, uran va kobalt mahsulotlari qazib olishda faol qo‘llaniladi. Qadoqlarni tozalovchi, sunʼiy va sintetik tolalarni oqartiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

 

Asosiysi, iqtisodiy samaradorlik yuqori. Bu yerda tabiiy gaz chuqur qayta ishlanib, bozorbop mahsulotga aylantiriladi. Misol uchun, 60 foizli vodorod peroksidi tibbiyotda uch barobar, maishiy kimyo vositalarida ikki barobar qo‘shilgan qiymat yaratadi.

 

Korxona laboratoriyasiga ham eng so‘nggi rusumdagi jihozlar o‘rnatilgan. Unda har soatda tahlil o‘tkaziladi. Bu mahsulot sifatini doimiy nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Davlatimiz rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

 

- Har bir loyihadan maqsad - yuqori daromad, qo‘shilgan qiymat. Bu korxona shu jihatdan maʼqul. Endi ishlab chiqarish barqarorligi, xaridorlar ishonchi uchun buni kafolatlangan xomashyo bilan taʼminlash kerak. Mahalliylashtirish dasturi asosida qulay shartlarda kredit ajratish ham mumkin, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Mutasaddilarga bu korxona misolida shunday loyihalarni ko‘paytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Vodorod peroksidi shu paytgacha O‘zbekistonga katta xarajatlar bilan faqat chet eldan olib kelinar edi. Endi esa mahalliy mahsulot ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, import o‘rnini to‘ldiradi. Shu bilan birga, yaqin minataqada bunday korxona yo‘q. Shu bois mahsulot MDH va Yevropa mamlakatlariga ham yetkazib berilmoqda. Qisqa vaqtda qariyb 1,5 million dollarlik eksport qilingan. Korxonaning yillik eksport salohiyati 10 million dollar.

 

Bu suyuq kimyoviy mahsulotlarni saqlash va yetkazib berish uchun shu yerning o‘zida plastik quyma idishlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Korxonani muqobil energiya bilan taʼminlash maqsadida quvvati 27 kilovatt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilgan.

 

Yana bir eʼtiborli jihati, ilgari mamlakatimiz kimyo sohasida xususiy sektor bo‘lmagan. Bu korxona so‘nggi yillarda sohaga kirib kelgan tadbirkorlik subyektlaridan biri.

 

Shu yerda korxona faoliyatini yana-da kengaytirishga qaratilgan loyihalar haqida ham maʼlumot berildi.
Xususan, Turkiyaning “Orbak Metal Industry” kompaniyasi bilan gidrogen peroksidi ishlab chiqarish quvvatini 45 ming tonnaga oshirish, shuningdek, tutash hududda oziq-ovqat sanoati loyihasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Prezident xorijda yuqori daromadli ish topish uchun yoshlarni kasb bilan birga chet tillariga ham o‘qitish zarurligini ta’kidladi.

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

Prezident xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni yuqori daromadli ish o‘rinlariga tayyorlashda hokimlar, elchilar va texnikumlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi o‘qishga qabul qilish va o‘qishni ko‘chirishni pul evaziga hal qilib berishni va’da qilayotgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Qo‘mitaga kelib tushgan murojaat asosida shoxobchalarda siqilgan gaz narxlari o‘rganilgan.

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Ekologiya qo‘mitasi fermer va dehqonlarni o‘simlik qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirdi.

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Endilikda bu talab faqat statsionar radarlarga nisbatan amal qiladi.

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Nosozlik so‘nggi qatnov vaqtida yuzaga kelgan.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: hududlar ma'lum qilindi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: hududlar ma'lum qilindi

O‘rta bosimli gaz quvurida aniqlangan sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun ta’mirlash ishlari olib boriladi.