O'zbekiston

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: hududlar ma'lum qilindi

O‘rta bosimli gaz quvurida aniqlangan sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: hududlar ma'lum qilindi

 

2026-yil 2-noyabr kuni Toshkent shahri Mirobod tumanining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minotida vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Qo‘yliq dahasi, Yangi Qo‘yliq ko‘chasidagi o‘rta bosimli gaz quvurida aniqlangan sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli soat 10:00 dan 14:00 ga qadar quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Qo‘yliq dahasining 1–4-dahalaridagi 51 ta ko‘p qavatli uyda joylashgan 4 200 ta xonadon;

  • Oltinko‘l va Qorasuv mahallalaridagi 22 ta ko‘p qavatli uyda joylashgan 516 ta xonadon;

  • Oltinko‘l va Qorasuv mahallalaridagi 1 455 ta yerli xonadon.

 

Shuningdek, Qo‘yliq dahasidagi ayrim korxonalar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, jumladan, nonvoyxonalar hamda Oltinko‘l va Qorasuv mahallalaridagi ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti cheklanadi.

 

Bundan tashqari, 2-tor Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tabiiy gaz bosimi pasayadi.

 

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Ekologiya qo‘mitasi fermer va dehqonlarni o‘simlik qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirdi.

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Endilikda bu talab faqat statsionar radarlarga nisbatan amal qiladi.

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Nosozlik so‘nggi qatnov vaqtida yuzaga kelgan.

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.