O'zbekiston

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

Prezident xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni yuqori daromadli ish o‘rinlariga tayyorlashda hokimlar, elchilar va texnikumlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda jahon mehnat bozoridagi o‘zgarishlar, xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni tayyorlash va ularni munosib ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

 

Davlat rahbari ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 168 million kishi xorijiy mehnat migratsiyasida. O‘zbekistonda ham chet elda ishlash istagidagi fuqarolar bor, boshqa davlatlarda esa ishchi kuchiga talab yuqori. Ushbu ikki imkoniyatni o‘zaro bog‘lash soha mutasaddilari va hududlar rahbarlari oldidagi asosiy vazifa ekani qayd etildi.

 

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin!” — dedi Prezident.

 

Yig‘ilishda so‘nggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasi yo‘nalishida hamkorlik qilinayotgan davlatlar soni 3 tadan 27 taga yetgani, yirik xorijiy ish beruvchilar soni esa qariyb 400 taga ko‘paygani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, chet elda ishlayotgan yurtdoshlar soni so‘nggi o‘n yilda ikki baravar kamaygani, ularning oilalariga yuborayotgan pul o‘tkazmalari esa to‘rt baravar oshgani qayd etildi. Bu xalqaro mehnat bozorida o‘zbekistonliklarga munosabat o‘zgarib, fuqarolar xorijga malakali mutaxassis sifatida borayotganini ko‘rsatishi ta’kidlandi.

 

Ayni paytda hududlar kesimida pul o‘tkazmalari miqdorida sezilarli tafovut bor. Xorijda ishlayotgan bir kishiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik pul o‘tkazmasi Farg‘onada 1 850 dollarni tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 400 dollarga, Sirdaryoda 500 dollarga, Jizzax va Navoiyda 600 dollarga, Surxondaryo hamda Xorazmda esa 700 dollarga ham yetmaydi.

 

Shu munosabat bilan hokimlar, elchilar va texnikum rahbarlariga fuqarolarni yuqori daromadli ishlarga tayyorlash bo‘yicha ishlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Prezident xorijdagi mehnat bozorlariga chiqishda elchilar, hokimlar va texnikumlar hamkorligini kuchaytirish muhimligini ta’kidladi. Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda xorijiy hamkorlarni texnikumlar bilan bog‘lash hamda yurtdoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha ijobiy tajribalar borligi qayd etildi. Biroq boshqa mamlakatlardagi elchilarning bu boradagi ishlari sust ekani tanqid qilindi.

Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” — Prezident

Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” — Prezident

Prezident xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini ta’kidladi.

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Prezident xorijda yuqori daromadli ish topish uchun yoshlarni kasb bilan birga chet tillariga ham o‘qitish zarurligini ta’kidladi.

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi o‘qishga qabul qilish va o‘qishni ko‘chirishni pul evaziga hal qilib berishni va’da qilayotgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Qo‘mitaga kelib tushgan murojaat asosida shoxobchalarda siqilgan gaz narxlari o‘rganilgan.

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Ekologiya qo‘mitasi fermer va dehqonlarni o‘simlik qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirdi.

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Endilikda bu talab faqat statsionar radarlarga nisbatan amal qiladi.

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Nosozlik so‘nggi qatnov vaqtida yuzaga kelgan.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: hududlar ma'lum qilindi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: hududlar ma'lum qilindi

O‘rta bosimli gaz quvurida aniqlangan sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun ta’mirlash ishlari olib boriladi.