O'zbekiston

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Prezident xorijda yuqori daromadli ish topish uchun yoshlarni kasb bilan birga chet tillariga ham o‘qitish zarurligini ta’kidladi.

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

 

Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etish masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu imkoniyatlardan foydalanishda elchilar, hokimlar va texnikumlarning faolligi yetarli emasligini qayd etdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Buyuk Britaniyada 33 ming nafar ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud. Biroq hozirga qadar ushbu mamlakatga asosan qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga fuqarolar yuborilmoqda. Tibbiyot, logistika va sanoat sohalaridagi ish beruvchilar bilan aniq kelishuvlar yo‘qligi, shuningdek, “Yoshlar mobilligi” dasturida ishtirok etish masalasi hal etilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

 

Italiya bilan ham mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuv mavjud, biroq bu imkoniyatlardan hali foydalanilmayapti.

 

Prezident chet tillarini bilish xorijda yuqori daromadli ish topishning asosiy shartlaridan biri ekaniga e’tibor qaratdi. Mamlakatda ingliz tilini puxta o‘rganib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yosh bor. Shu bilan birga, ularning AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Daniyada ishlashi uchun imkoniyat yaratish borasidagi ishlar yetarli emasligi qayd etildi.

 

Germaniyadan joriy yilning o‘zida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tushgan, ammo atigi 2 ming kishi ishga joylashgan. Buning asosiy sababi nemis tilini biladigan kadrlar yetishmasligi bilan izohlandi. Shu bois kasbiy ta’lim bilan birga til tayyorgarligini ham olib borish zarurligi ta’kidlandi.

 

Germaniyaning “Globogate” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming nafar hamshira tayyorlanmoqda. Qarshidagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida esa germaniyalik o‘qituvchilar yoshlarga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda.

 

Prezident xorijlik ish beruvchilarning buyurtmalarini texnikumlardagi ta’lim bilan bog‘lash, yoshlarni ishga joylashish uchun zarur til va amaliy ko‘nikmalarga maqsadli tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

 

Andijonda tadbirkor bo‘sh turgan texnikumni ta’mirlab, Germaniyadan o‘qituvchilar jalb etgan holda yiliga 1,5 ming mutaxassis tayyorlamoqda. Davlat rahbari bunday tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish, har bir viloyatdagi 2–3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini o‘rgatish zarurligini qayd etdi.

 

Shuningdek, Germaniyaning “Telk” kompaniyasi “Intil” xalqaro o‘quv markazida 100 nafar nemis tili o‘qituvchisini tayyorlashni boshlagan. Kelasi yil boshidan ularni hududlardagi texnikumlarga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” — Prezident

Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” — Prezident

Prezident xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini ta’kidladi.

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

Prezident xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni yuqori daromadli ish o‘rinlariga tayyorlashda hokimlar, elchilar va texnikumlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi o‘qishga qabul qilish va o‘qishni ko‘chirishni pul evaziga hal qilib berishni va’da qilayotgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Qo‘mitaga kelib tushgan murojaat asosida shoxobchalarda siqilgan gaz narxlari o‘rganilgan.

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Ekologiya qo‘mitasi fermer va dehqonlarni o‘simlik qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirdi.

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Endilikda bu talab faqat statsionar radarlarga nisbatan amal qiladi.

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Nosozlik so‘nggi qatnov vaqtida yuzaga kelgan.

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: hududlar ma'lum qilindi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: hududlar ma'lum qilindi

O‘rta bosimli gaz quvurida aniqlangan sizib chiqish holatini bartaraf etish uchun ta’mirlash ishlari olib boriladi.