O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Karmanadagi texnoparkka bordi

U yerda 18 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Karmanadagi texnoparkka bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Karmana tumanida barpo etilayotgan kimyoviy mahsulotlar texnoparkini borib ko‘rdi.

 

Navoiy viloyatida kimyo sanoati rivojlangan. Hududda mineral resurslar ko‘p, tarmoq infratuzilmasi va kadrlar salohiyati yaxshi. Bundan foydalanib, istiqbolli korxonalar tashkil etish uchun esa mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti va tadbirkorlarga sharoit bor.

 

Shu negizda xitoylik ishbilarmonlar tomonidan “Zarafshon industrial technology” nomi ostida kimyo texnoparki barpo etilmoqda.

 

Mazkur majmua uchun 130 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu yerda umumiy qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 18 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Hozirgacha ularning ikkitasi - 40 ming tonna oleum, 170 ming tonna sulfat kislotasi olish loyihalari ishga tushirildi.

 

Eʼtiborlisi, sulfat kislotasi ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan issiqlikdan unumli foydalanish maqsadida 1,4 megavatt quvvatga ega bug‘-gaz qurilmali energoblok qurilgan. Bu korxona o‘zini o‘zi to‘liq elektr energiyasi bilan taʼminlash imkonini beradi. 

 

Davlatimiz rahbariga texnoparkda amalga oshiriladigan yangi loyihalar haqida maʼlumot berildi. Xususan, qiymati 150 million dollarlik 1 million tonna sulfat kislotasi, 120 million dollarlik 50 ming tonna kaustik soda hamda 135 million dollarlik 100 ming tonna ftalotsianin (to‘qimachilik bo‘yog‘i) ishlab chiqarish korxonalari qurilishi boshlangan.

 

Texnoparkda boshqa tarmoqlar bilan kooperatsiya aloqalari samarali yo‘lga qo‘yiladi. Natijada qurilish sanoatida 75 million, yengil sanoatda 107 million, tibbiyotda 38 million dollarlik chetdan keladigan mahsulotlar o‘rni qoplanadi.

 

Texnoparkda mahalliylashtirish ayni paytda 31 foizni tashkil qiladi. Loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida bu ko‘rsatkich ikki barobar ortadi.

 

Davlatimiz rahbari korxonalarda ishlab chiqarish balansini taʼminlash, "off take" shartnomalar qilib, mahsulotlarni kafolatli sotish zarurligini taʼkidaldi.

 

Bugungi kunda texnoparkda 300 kishining bandligi taʼminlangan. Barcha loyihalar amalga oshgach, 2 mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi, antraxinon, kaustik soda, mis xloridi, dimetilsulfat, natriy sulfid, rezorsin kabi mahsulotlar tayyorlash o‘zlashtiriladi. Texnoparkning yillik eksport salohiyatini 2026 yilda 30 millionga yetkazish va izchil oshirib borish rejalashtirilgan. 

 

Shuningdek, kerakli kommunikatsiya tarmoqlari ham xorijiy investor mablag‘lari hisobidan qurilmoqda.

 

Shu yerda 2024-2030 yillarda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati negizida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi.

 

Unga ko‘ra, 5 milliard dollarlik 22 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularda 3 mingdan ziyod yangi ish o‘rni bo‘ladi. Yiliga 2 milliard dollardan ziyod kimyo mahsulotlari ishlab chiqarilib, asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi.

 

Prezidentimiz loyihalarda ekologiya talablariga alohida eʼtibor qaratish, zavodlarni uglerod oksidini havoga kam chiqaradigan uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

 

Loyihalardan 4 tasi kelgusi yili foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan. Davlatimiz rahbari ularning investorlari bilan muloqot qildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Karmanadagi texnoparkka bordi | Zamon.uz