Andijonda bir yoshli qiz hojatxonaga tushib ketdi
Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

Kecha, 31 oktyabr kuni soat 17:33 da Andijon viloyati Asaka tumani “Nurafshon” mahallasida joylashgan uylarning birida uy egasining 2023 yilda tug‘ilgan qiz farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizaloqni olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.
Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxona yuborilgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi va shifokorlar nazoratida.







