O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketdi

Oqibatda halok bo‘lganlar bor.

Qoraqalpog‘istonda Lacetti kanalga tushib ketdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida Lacetti kanalga tushib ketdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa 29 oktyabr kuni soat 02:20 atrofida sodir bo‘lgan. Haydovchi mast holatda Lacetti rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, yo‘l chetidagi kanalga tushib ketgan.

 

YTH oqibatida avtomobilning orqa qismida o‘tirgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Bir nafar yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan. Halok bo‘lganlarning ikki nafari 22 yosh, bir nafari esa 21 yosh bo‘lgan.

 

Tirik qolgan haydovchi va yana ikki yo‘lovchiga bosh miya, ko‘krak qafasi qisilishi, suvda cho‘kish kabi tashxislar qo‘yilgan.

 

Yuz bergan voqea yuzasidan Beruniy tuman IIB tergov bo‘linmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"