“Qamchiq”da yuk mashinasi yonib ketdi
Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

Bugun, 2024 yil 3 noyabr kuni soat 14:30 larda “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 226-kilometrida “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida yuk avtomobilida qisqa tutashuv sababli yong‘in yuzaga kelgan.
Ayni vaqtlarda FVV xodimlari tomonidan yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilmoqda. Harakat xavfsizligi YPX xodimlari tomonidan to‘liq taʼminlanmoqda.
Hodasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.







