Toshkentda Matiz avariyaga uchrab, ag‘darilib ketdi
Oqibatda yo‘lovchilar tan jarohati olgan.

Holat bugun, 3 noyabr kuni soat 02:00 larda Sergeli tumani Mehrigiyo-Mirzo Tursunzoda ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. Unda 2001 yilda tug‘ilgan D.U. boshqaruvidagi Spark va 1997 yilda tug‘ilgan L.A. boshqaruvidagi Matiz o‘zaro to‘qnashib ketgan.
YTH natijasida Matiz transport vositasining 2 nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







