O'zbekiston

Prezident energetika sohasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Unda tarmoq kompaniyalarini transformatsiya qilish va raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.

Prezident energetika sohasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Bu sohani hayot talabiga mos ravishda rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda. Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonlari alohida kompaniyalarga ajratilib, investitsiya uchun imkoniyatlar yaratildi. Oxirgi besh yilda elektr energiyasi ishlab chiqarishga 4 milliard 300 million dollar investitsiya kirib keldi, 5,7 gigavatt yangi quvvatlar yaratildi.

 

Tarmoqdagi 4 ta korxona – “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari” hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro kredit reytingini olishga erishdi. Endigi qadam – transformatsiya orqali raqobatbardosh kompaniyalarga aylanish. Bu elektrni isteʼmolchilarga kafolatli yetkazib berish uchun ham, investitsiyalarni mustaqil jalb etish uchun ham asosiy omil.

 

Yig‘ilishda shu boradagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Har bir energetika korxonasining birinchi galdagi vazifasi tannarxni kamaytirish ekani taʼkidlandi. Bunga loyihalarni maqbullashtirish, yo‘qotishlarni kamaytirish va xaridlarni takomillashtirish orqali erishish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Taqsimlash tarmoqlarini xususiy sheriklik asosida investorlarga berib, ularni modernizatsiya qilishga 4 milliard dollar investitsiya jalb qilish mumkin. Shu maqsadda kelgusi yilda Samarqand, Jizzax va Sirdaryodagi tarmoqlar boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda.

 

O‘tgan yili qabul qilingan energetikada raqobat bozorini tashkil etish konsepsiyasi doirasida tarmoq korxonalari transformatsiyasini tezlashtirish, ularda zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

 

Kelgusi yil energetika korxonalari uchun tejamkorlik va samaradorlik yili bo‘lishi qatʼiy belgilandi. Tarmoq kompaniyalarini quyi bo‘g‘ingacha transformatsiya qilish va raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.

 

Mutasaddilar ushbu korxonalarda xarajatlarni samarali boshqarish bo‘yicha rejalarini bayon qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident energetika sohasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi | Zamon.uz