“Qamchiq”da yana yuk mashinasi yonib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, bugun soat 13:30 da “Qamchiq” dovonining “Toshkent — Vodiy” yo‘nalishida harakatlanayotgan yuk avtomobilining nosoz old g‘ildiragi chiqib ketgan. Natijada yong‘in sodir bo‘lgan.
Hodisada jabrlanganlar yo‘q. YPX va FVV xodimlari vaziyatni nazoratga olgan. Yong‘in sabab yo‘l vaqtincha yopilgan.







