Qashqadaryoda taksist mijozga shilqimlik qildi
U qizning telefonini olib qo‘ygan va jinsiy tajovuz qilgan.

Qashqadaryo viloyatida taksist yo‘lovchi qizga jinsiy tajovuz qildi. Bu haqida “Nemolchi” loyihasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 oktyabr kuni voyaga yetmagan qiz dugonasi bilan sayr qilib, taksida uyiga qaytmoqchi bo‘lgan. Yo‘l-yo‘lakay taksi haydovchisi qizga turli shaxsiy savollar berishni boshlagan, keyin belgilangan marshrutni o‘chirib qo‘ygan. Taksist qizning “qayerga ketyapmiz” degan savoliga javoban u uni sayr qildirishga qaror qilganini aytgan. U qizni shahar tashqarisiga olib chiqib, mashinani to‘xtatgan, qizning telefonini olib qo‘ygan va jinsiy tajovuz qilgan.
Jabrlanuvchi voqea haqida zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga xabar berib, erkakning avtomobil raqamini maʼlum qilgan.







