O'zbekiston

Qirg‘izistonda ko‘p bolali oilaga pul berish taklif qilindi

Qamchibek Tashiyev ayollarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi.

Qirg‘izistonda ko‘p bolali oilaga pul berish taklif qilindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ayollarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik oilalar mamlakatning kelajagi uchun asosdir. U qirg‘izistonlik ayollar besh-o‘n nafar bolani dunyoga keltirishi kerakligini taʼkidladi.

 

"Biz ko‘p farzandli bo‘lishimiz lozim. Ayollar, yosh kelinlar bunga alohida eʼtibor qaratishi kerak. Faqat shundagina Qirg‘iziston taraqqiy etishi mumkin. Davlat xavfsizligini mustahkamlash bevosita aholi soni bilan bog‘liq. Agar aholi ko‘paymasa, xavfsizlikni taʼminlash murakkab vazifaga aylanadi. Hozirgi kunda dunyoda ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda va qo‘shni davlatlar aholi soni jihatidan bizdan o‘zib ketmoqda", - dedi Tashiyev.

 

Taʼkidlanishicha, prezident bilan kelishuvda bolalar tug‘ilishi uchun to‘lovlarni oshirish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqilmoqda.

 

Mamlakatning ayrim hududlarida:

 

• to‘rtinchi bola uchun – 100 ming som ( $1 160);

• beshinchisi uchun – 600 ming som (qariyb $7 000) ;

• yettinchisi uchun – 1 mln som ($1 1604 ) berish rejalashtirilyapti.

 

Oila sakkizinchi va to‘qqizinchi bolasi uchun 1,5 mln ($17 482 ), o‘ninchisi uchun esa 2 mln som ($23 310) olishi mumkin bo‘ladi.

 

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"