O'zbekiston

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

Yil davomida vizasiz bo‘lish muddati jami 180 kundan oshmasligi lozim.

Bir tashrifda 30 kungacha: O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida vizasiz tartib joriy etiladi

 

O‘zbekiston Prezidentining Ummonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

 

Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, 17-noyabr kuni imzolangan hujjat muqaddima va 14 ta moddadan iborat.

 

Bitimga muvofiq, ikki davlat fuqarolari amal qilish muddati kamida olti oy bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasporti orqali bir-birining hududiga vizasiz kirishi, tranzit o‘tishi va chiqishi mumkin bo‘ladi.

 

Vizasiz bo‘lish muddati har bir tashrifda 30 kungacha, bir kalendar yili davomida esa jami 180 kundan oshmasligi kerak.

 

Mazkur tartib doimiy yashash, o‘qish yoki mehnat ruxsatnomasini talab qiladigan faoliyatga tatbiq etilmaydi. Belgilangan muddatdan ortiq qolish uchun qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga muvofiq viza rasmiylashtirish talab etiladi.

 

Hujjatda fors-major holatlarida bo‘lish muddatini bepul uzaytirish, pasport yo‘qotilgan yoki shikastlangan taqdirda vaqtinchalik yo‘l hujjatini berish hamda nomaqbul deb topilgan shaxslarning kirishini rad etish yoki bo‘lish muddatini qisqartirish tartiblari ham belgilangan.

 

TIV ma’lumotiga ko‘ra, bitim tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur ichki tartib-taomillarni bajargani haqidagi so‘nggi yozma xabarnomani olgan kundan boshlab 30 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Suv avtomatlarini buzib, pulini o‘g‘irlashdi: olti nafar gumonlanuvchi ushlandi

Toshkentda ko‘chalardagi ichimlik suvi sotadigan avtomatlardagi pullarni o‘g‘irlash holatlari aks etgan videolar tarqaldi.

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Filtrlar o‘rnatilmagan, chiqindilar nazorat qilinmagan: Toshkentdagi korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi

Hozirda korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

27 ta konsert reklamasi bo‘yicha ogohlantirish berildi: ijro shakli ko‘rsatilmagan

Konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish haqida axborot berilishi shart.

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Tojikistonda elektr uzatish ustuni quladi: Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida elektr cheklanadi

Noqulay ob-havo elektr uzatish tarmog‘i tayanchlaridan birining qulashiga sabab bo‘ldi.

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

“To‘yimni to‘xtatish bilan tahdid qilishdi”: Toshkentda tovlamachilik bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Guruh a’zolari ikki fuqaro o‘rtasidagi qarz munosabatiga aralashib, 11 ming dollarni zo‘ravonlik bilan qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

Banknotlardagi yozuvlar davlat tilida bo‘lishi shart: pul belgilariga oid yangi talablar

O‘zbekistonda pul belgilaridagi yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar: 1 500 nafardan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

Korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar: 1 500 nafardan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

O‘zbekistonda 10 oy davomida 5 368 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi

3,75 ming dollar evaziga Umra va’dasi: Samarqandda firma rahbari ushlandi

U ziyoratiga borishni istagan uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, barcha zarur sharoitlarni yaratib berishni va’da qilgan.