Namangandagi novvoyxonada 273 mln so‘zlik gaz o‘g‘irlandi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Namangan shahrida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O-N.” oilaviy korxonasi rahbari M.O. korxona novvoyxonasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga yashirincha ulanib, 273,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Uychi va To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “Z.Q.” va “S.O.” MCHJ masʼul shaxslari hamda YATT M.A. ishlab chiqarish sexlarida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 161,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







