O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi

Prezident AQSH rahbarini O‘zbekistonga taklif qilgan.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Donald Trampga Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti saylovida g‘alaba qozonib, ushbu lavozimga saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

 

“Muhtaram Tramp Janobi Oliylari! Sizni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan chin dildan samimiy muborakbod etib, o‘zimning qizg‘in tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

 

Saylovlardagi ishonchli g‘alabangiz Sizdek boy tajribali va mohir siyosatchining AQSHni xalqaro maydondagi nufuzi va iqtisodiy qudratini oshirish, global taraqqiyot va farovonlikni taʼminlashga qaratilgan dastur va rejalaringiz Amerika xalqi tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanganini yana bir bor yaqqol tasdiqladi.

 

Biz Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgarmas pozitsiyasini, ortga qaytmas tus olgan tub islohotlarimizga ko‘rsatib kelayotgan doimiy ko‘magini alohida qadrlaymiz. 

 

Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, aynan Sizning ilk prezidentlik davringizda, 2018 yil may oyida Oq uyda o‘tkazgan sermahsul muzokaralarimizdan keyin O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangan edi.

 

Sizning shaxsiy eʼtiboringiz bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib, o‘zaro ishonch, hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlashga asoslangan siyosiy muloqotlarimiz yana-da mustahkamlandi, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, harbiy-texnikaviy va gumanitar aloqalar jadallashdi. 

 

Yuqori darajadagi vakillarimiz va qonun chiqaruvchilar o‘rtasidagi faol tashriflar almashuvlari natijasida hamkorligimiz sifat va mazmun jihatidan yuksak bosqichga ko‘tarildi.

 

Hurmatli Janobi Oliylari! Biz bundan keyin ham Sizning boshchiligingizdagi AQSH Administratsiyasi bilan do‘stona aloqalarni izchil davom ettirishga, oliy va yuqori darajada erishilgan barcha kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishdan manfaatdormiz.

 

Shuningdek, “S5+1” platformasi va “Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSH o‘rtasida savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli Bitimi” doirasida mintaqaviy hamkorlikni yana-da kengaytirish tarafdorimiz.

 

Aminmanki, birgalikdagi qatʼiy saʼy-harakatlarimiz bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, bank-moliya, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish, innovatsiya, taʼlim va boshqa sohalardagi sherikligimiz qo‘shma loyihalar bilan samarali boyib boraveradi.

 

Ishonchim komilki, kelgusida Afg‘onistonda barqaror tinchlikni taʼminlash va uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shish o‘zaro hamkorligimizning ajralmas qismiga aylanadi.

 

Uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Siz, Janobi Oliylarining O‘zbekistonga rasmiy tashrifingizni kutib qolamiz.

Fursatdan foydalanib, Sizni ushbu tarixiy g‘alabangiz bilan yana bir bor chin qalbdan qutlab, mustahkam salomatlik, baxt-saodat, boshlanayotgan masʼuliyatli faoliyatingizda yangi omadlar, do‘st Amerika xalqiga esa tinchlik-totuvlik va bardavom taraqqiyot tilab qolaman”, deyiladi tabrik matnida.

custom img

Surxondaryoda yer oldi-sotdisi ortidan mojaro: 32 yoshli erkakni kaltaklab o‘ldirgan besh kishi qamaldi

Ularga 4 yildan 9 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Namangan bog‘chasidagi jinsiy zo‘ravonlik: jinoyat ishi prokuraturaga o‘tkazildi

Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.

custom img

Bog‘chadagi jinsiy zo‘ravonlik holati: Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan bog‘chalarda bolalar xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish talab qilindi.

custom img

Samimiy murojaat: Muhammedaliga Prezident maktub va sovg‘a

Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida Muhammedali ismli bolaning Prezidentga samimiy murojaati va Vatanga bo‘lgan mehri aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.

custom img

Farg‘onada MIB orqali fermerdan 99 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, fermer xo‘jaligining 25 ta ijro hujjati bo‘yicha soliq qarzi mavjud bo‘lgan.

custom img

Qoraqalpog‘istondagi reydda 523 ta avtomashina jarima maydoniga joylashtirildi

Maʼlum bo‘lishicha, ularning 2,6 mlrd so‘mlik jarimalari mavjud.

custom img

Jizzaxda kredit qarzi sabab noturar bino xatlandi

Endilikda keyingi ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

custom img

56 ta yangi vagon: Toshkent metrosida vagonlarning qariyb 70 foizi yangilandi

Yangi avlod zamonaviy harakat tarkiblari metropolitenning 4 ta yo‘nalishida harakatlanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"