O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida ishtirok etdi

Unda Prezident nutq so‘zlab, bir qator ustuvor masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

 

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashdi.

 

Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida Ostona va Shusha shaharlaridagi uchrashuvlardan keyingi vaqt mobaynida global geosiyosiy jarayonlar tobora murakkab tus olganini alohida taʼkidladi. Yetakchi davlatlar o‘rtasidagi raqobat va ishonchsizlik muhiti keskin kuchaymoqda, ziddiyat va urush o‘choqlari ko‘payib, turli xavf-xatarlar yana-da ortmoqda.

 

Bu muammolar savdo, investitsiya, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi qo‘shma reja va katta loyihalarga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.

 

Shu maʼnoda, siyosat va xavfsizlik masalalarida muloqotlarni tizimli davom ettirish, tashkilotga aʼzo mamlakatlarning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib, xalqaro muammolar bo‘yicha yakdil va aniq pozitsiyani faol ilgari surish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

 

Bu o‘rinda gap, eng avvalo, Yaqin Sharqda davom etayotgan adolatsiz urush va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida bormoqda. G‘azo sektori va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojia, tinch aholiga qarshi vayronkor hujumlar, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon bo‘layotgani alohida qayd etildi. Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlar qoralandi.

 

Mazkur ko‘p yillik nizoning yagona yechimi – xalqaro meʼyoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq 1967 yildagi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tuzish ekani taʼkidlandi.

 

Keyingi hafta Ar-Riyod shahrida o‘tadigan arab-musulmon davlatlari sammitida bu muammoga konstruktiv siyosiy yechim topilishiga umid bildirildi.

 

Afg‘onistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada vazirlar va ekspertlar darajasidagi muntazam muloqot mexanizmini yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.

 

Afg‘onistondagi o‘tkir muammolarni hal etishda amaldagi hukumatga yordam ko‘rsatish, bu davlatni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga keng jalb etish, ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini ro‘yobga chiqarish masalalari albatta ko‘rib chiqilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Tarixiy hujjat – Turkiy dunyo xartiyasining qabul qilinishi qardosh davlatlar va xalqlarimiz o‘rtasida kuchayib borayotgan ko‘p qirrali hamkorlikning yorqin ifodasi ekani alohida taʼkidlandi.

 

Sammit kun tartibidan kelib chiqib, O‘zbekiston yetakchisi bir qator ustuvor masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

 

Avvalo, davlatimiz rahbari tashkilotning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish va mustahakamlash muhimligini taʼkidladi. Shu maʼnoda, Turkiy davlatlarning strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomani qabul qilish taklif etildi.

 

Shuningdek, tashkilot doirasida yangi iqtisodiy imkoniyatlar makonini yaratish maqsadida tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish, savdo-bojxona tartib-qoidalarini yengillashtirish, elektron tijorat platformalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq bitim va kelishuvlarni ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.

 

Shu munosabat bilan savdo sohasidagi salohiyatni kengaytirishga qaratilgan chuqur tadqiqotlar olib borish uchun yaqin istiqbolda Toshkentda yetakchi tahlil markazlarining anjumanini o‘tkazish taklif qilindi.

 

Kelgusi yil uchun iqtisodiy forum, savdo va sanoat ko‘rgazmalari, mintaqa va viloyatlarning o‘zaro tashrif rejalarini, davlat xaridlarida ishtirok etish, kooperatsiya va lokalizatsiya qo‘shma dasturini qabul qilish kerakligi taʼkidlandi.

 

Jahon moliya bozorida kapitalga bo‘lgan talab va uning qiymati ortib bormoqda, rivojlanayotgan davlatlarga uzoq muddatli va “yashil” kreditlar ajratish shartlari murakkablashmoqda.

 

Shu nuqtai nazardan, moliyaviy instrumentlarni joriy etish, Turkiy investitsiya fondi faoliyatini faollashtirish va Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

 

Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga xalqaro moliya institutlari va xorijiy investitsiya kompaniyalarini jalb qilish muhimligi taʼkidlandi. Shu munosabat bilan Turkiy investitsiya forumini tashkil etish va uning birinchi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi.

 

Transport yo‘laklaridan samarali foydalanish, O‘rta yo‘lak bo‘yicha tranzit tariflarini maqbullashtirish, chegaralarni kesib o‘tish jarayonlarini soddalashtirish, zamonaviy logistika tizimlari va qo‘shma operatorlarni yaratish yana bir ustuvor masala sifatida belgilandi.

 

Tashkilot doirasida tashishlarda elektron hujjat aylanishiga o‘tish va ularni o‘zaro tan olish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimni imzolash tashabbusi ilgari surildi.

 

Ushbu masalalarni biznes vakillari ishtirokida batafsil muhokama qilish maqsadida Turkiy davlatlar logistika markazlari va yuk tashuvchilar alyansi bilan hamkorlikda Xalqaro logistika konferensiyasini o‘tkazish dolzarbligi qayd etildi.

 

Bu galgi sammit mavzusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelajak iqtisodiyotini keng joriy etish, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida ilg‘or tajriba va yutuqlarni almashish, innovatsiyalar, infratuzilma va ilm-fanning raqamli tizimlarini, yirik maʼlumotlar markazlarini yaratishga qaratilgan "Raqamli turkiy dunyo" konsepsiyasini ishlab chiqish taklif etildi.

 

O‘zbekiston yetakchisi Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni kelgusi haftada Boku shahrida COP-29 Global sammiti ish boshlashi bilan samimiy qutlab, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘tkir ekologik muammolarga yechim topish uchun vazirlar darajasida Turkiy ekologiya kengashini tez fursatda tashkil etish zarurligini taʼkidladi hamda uning birinchi uchrashuvini kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorligini tasdiqladi.

 

Qardosh xalqlarimizni yana-da yaqinlashtirish, yoshlarni ajdodlarimizga munosib ruhda tarbiyalash maqsadida tashkilotga aʼzo mamlakatlar tillarida turkiy xalqlar og‘zaki ijodining ko‘p jildlik to‘plamini nashr etish, birgalikda fundamental tadqiqotlar olib borish, maktablarda turkiy xalqlar va ularning tarixi, etnografiyasi, madaniyati va sanʼati bo‘yicha fakultativ darslarni yo‘lga qo‘yish muhimligi taʼkidlandi.

 

Shu maʼnoda, O‘zbekiston Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasining to‘laqonli aʼzosi bo‘lishga tayyorligi bildirildi.

 

So‘zining yakunida O‘zbekiston Prezidenti Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni Turkiy dunyoning oliy ordeniga sazovor bo‘lgani bilan samimiy tabrikladi.

 

Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi, mamlakatimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator kelishuvlar qabul qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev TDT sammitida ishtirok etdi | Zamon.uz