O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashdi

Muloqoatda mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashdi

Bugun, 6 noyabr kuni Bishkek shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

O‘zaro hamkorlikning amaliy natijalari alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari va sanoat kooperatsiyasi ko‘lami ortib bormoqda, Toshkent viloyatida industrial park tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Oktyabr oyida Qo‘qon shahrida birinchi Hududlar forumi o‘tkazildi. Bu oyda Budapesht shahrida muhim qo‘shma madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

 

Davlat rahbarlari ikki tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar. Yetakchi kompaniyalarning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalar portfelini shakllantirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

 

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri bilan uchrashdi | Zamon.uz