Toshkentda Matiz 83 yoshli piyodani urib yubordi
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahrining Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasida 5 noyabr kuni soat 13:10 larda YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi B.N. Matiz mashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 1941 yilda tug‘ilgan piyoda X.S.ni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.







